» » Samvel Babayan armanistonlik jurnalist tomonidan yozilgan millatchilik ruhidagi maqolaga izoh berdi

Samvel Babayan armanistonlik jurnalist tomonidan yozilgan millatchilik ruhidagi maqolaga izoh berdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan armanistonlik jurnalist tomonidan yozilgan millatchilik ruhidagi maqolaga izoh berdi. Uning bu boradagi fikri “Xabar.uz”da chop etildi.

Aytilishicha, nashr millatchilik ruhidagi maqola yuzasidan bir qator tanqidiy chiqishlar qilgan. Bu haqda xabar topgan Samvel Babayan hatto betob bo‘lib qolgan. Shuni vaj qilib, maqolalarni olib tashlashni so‘ragan. Biroq “Xabar.uz” bunga rozi bo‘lmagan va Babayanning fikrini so‘ragan. Bunga javoban Samvel o‘z pozitsiyasi bildirilgan maktub jo‘natgan. Unda quyidagi so‘zlarni uchratish mumkin:

Sizning provokatsion maqolangizni o‘qib, chuqur taajjubda qoldim. Qanday ma’naviy haqqingiz borki, asl vaziyatni bilmay turib, bizning vatanimizda millatchilik borligi haqida yozasiz!

Men, Babayan Samvel, bu buyuk davlatning fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman. Men o‘zbek mahallasida tug‘ilganman va mening birinchi so‘zlarim o‘zbekcha bo‘lgan. Bu Vatanga muhabbat menga ona sutim bilan kirgan, O‘zbekiston iftixori bo‘lgan farzandlarim va shogirdlarimni ham aynan shunday ruhda tarbiyalayman. Mening vatanimda bag‘rikenglik juda keng, har bir shaxsga millati va diniy qarashlaridan qat’i nazar, o‘zini namoyon qilish uchun teng imkoniyatlar berilgan.

Mening millatim armanligi, mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimning o‘zi ham fikrimning yaqqol isbotidir va bunday misollar talaygina.

Sizning O‘zbekiston va o‘zbek xalqi haqidagi so‘zlaringiz mas’uliyatsizlik va hatto jinoyatdir. Men bu xalqning fazilatlari haqida bir umr gapirishim mumkin, lekin bunday qilmayman — chunki butun dunyo sizdan farqli ravishda bu haqda yaxshi biladi. Kim O‘zbekistonga bir marta tashrif buyursa, uni butun umr sevib qolishi aniq.

Sizdan mening ona vatanim O‘zbekiston haqida kelgusida ma’nisiz va hech qanday asosga ega bo‘lmagan maqolalardan tiyilishni so‘rayman. Zero, men shu davlatning fuqarosiman va bundan faxrlanaman.

Siz kimsizki, o‘z hayotini, bor salohiyatini xalqi farovonligiga bag‘ishlagan prezidentimizga baho berasiz?! Mening bu so‘zlarimga asrlar davomida bu muazzam zaminda yashayotgan arman millatiga mansub barcha yurtdoshlarim qo‘shilishiga aminman.

O‘zingizning bunday xomxayollarga asoslangan va haqiqatdan uzoq bo‘lgan fikrlaringizni chop etishdan oldin mening ona yurtim O‘zbekistonga kelishni va bu yerda turli millatlar qanday totuv yashayotganini, vatanimiz qanchalik rivojlanayotganini, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini mustahkamlayotganini o‘z ko‘zingiz bilan bir bor bo‘lsa-da ko‘rishni taklif qilgan bo‘lardim.

Mening futboldan chetlashtirilishim bu faoliyatda muntazam kuzatiladigan jarayon bo‘lib, men buni hech kim bilan, ayniqsa siz bilan muhokama qilmoqchi emasman va har bir gapimga javob berishga tayyorman.

Men sizning bunday provokatsion maqolani e’lon qilishdan maqsadingiz nima ekanini bilmayman, lekin, unutmangki, men yoki millatdoshlarim haqida yozarkansiz, jurnalistik odobga ko‘ra o‘zim yoki O‘zbekistonda yashovchi birorta arman millatiga mansub fuqarodan millatlararo munosabat haqida fikr olishingiz zarur emasmidi?

Mening bu holatga munosabatimni hisobga olib, sizdan bu maqolangiz uchun uzr so‘rashingizni talab qilaman hamda kelgusida bunday mavzularni ko‘tarishda aniq ma’lumotlarga asoslanishni va juda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etaman.

Babayan Samvel (18.01.2018.)

Moskvaning “Spartak” klubida tajribasini oshirayotgan Samvel Babayan yaqindagina O‘FF qarori bilan futboldan chetlashtirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют