» » Samvel Babayanga maydon holati yoqmadi. Mag‘lub bo‘lgan futbolchilarga esa unda e’tiroz yo‘q

Samvel Babayanga maydon holati yoqmadi. Mag‘lub bo‘lgan futbolchilarga esa unda e’tiroz yo‘q


Suriya terma jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi galda mutaxassis maydon holatiga e’tibor qaratdi. Suriya terma jamoasi shu kuni boshqacha sharoitda o‘ynadimi yoki uning sharoiti ham O‘zbekiston termasiniki bilan bir xilmidi — aytib o‘tilmagan.

Bugun futbol ko‘rmadik. Maydonning holati yaxshi emasdi. Shu sharoitni hisobga olib, yaxshiroq o‘ynash va harakter ko‘rsatish talab etilgandi.

Mag‘lubiyatdan afsusdamiz. Biroq O‘zbekiston hamon 3-o‘rinda, demak imkoniyat yo‘qolmagan. Biz oldinga harakat qilamiz va keyingi o‘yinlarda g‘alabaga intilamiz.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Mag‘lubiyatga qaramay, Samvel Babayan o‘z shogirdlariga har doim bo‘lgani kabi minnatdorchilik bildirdi.

Futbolchilarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular qattiq mehnat qildi va bor kuch bilan o‘ynadi. Ularga e’tirozim yo‘q.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Samvel Babayan futbolchilarga qanday holatlarda e’tiroz bildiradi va umuman ularga e’tiroz bildiradimi yoki yo‘q — aniqlik kiritmagan.

Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda optimal tarkibda maydonga tushamiz va albatta g‘alaba qozonamiz. O‘ylashimcha, barcha kurash hali oldinda, hammada imkoniyat bor.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan milliy terma jamoani qabul qilib olganidan so‘ng bu uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Bunga qadar o‘zbekistonliklarni Eron va Janubiy Koreya termalari ham mag‘lub etishning uddasidan chiqa olgandi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют