» » Samvel Babayan: Nafaqat Denisov, balki Igor Sergeyev va Eldor Shomurodovning o‘ynashi ham so‘roq ostida

Samvel Babayan: Nafaqat Denisov, balki Igor Sergeyev va Eldor Shomurodovning o‘ynashi ham so‘roq ostida


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Suriyaga qarshi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.

Ertaga saralashdagi oltinchi uchrashuvni o‘tkazamiz. Suriya hurmatga loyiq jamoa ekaniga nafaqat biz, balki butun Osiyo amin bo‘ldi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda tashabbusga ega bo‘lishimizga qaramay, raqib himoyada mustahkam o‘yin namoyish qilgandi. Jamoa tartibli o‘yin ko‘rsatadi, tarkibida individual mahoratga ega bo‘lgan futbolchilar bor.

Bizga optimal tarkibda o‘ynash nasib etamayapti. Denisov maydonga tusha olmaydi. Hujum chizig‘idagi Igor Sergeyev va Eldor Shomurodovning ertangi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida. Shunga qaramay, bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va maydonda nimaga qodir ekanimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Samvel Babayan matbuot anjumaniga Server Jeparov bilan birga tashrif buyurgandi.

Terma uchun ertaga muhim o‘yilardan biri. Suriyaga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz. Uchrashuv natijasi bizning foydamizga hal bo‘lishiga umid qilaman. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan holda yaxshi kayfiyat bilan ortga qaytamiz.

Server Jeparov, O‘zbekiston termasi a’zosi

Ma’lumot uchun, Suriya — O‘zbekiston o‘yini 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют