» » Andijon viloyati hokimi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlardagi elchilarini qabul qildi

Andijon viloyati hokimi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlardagi elchilarini qabul qildi


17-yanvar kuni Andijon viloyati hokimi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlardagi elchilarini qabul qildi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon hokimi matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati hokimi Turkmaniston, Germaniya, Hindiston, Qirg‘iziston davlatlaridagi O‘zbekiston elchilarini qabul qildi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har bir davlat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda, Andijon viloyati bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha qator loyiha takliflar muhokama qilindi. Jumladan, Prezidentning Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilangan asosiy yo‘nalishlar: viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro sertifikatlash va eksportga ko‘maklashish, viloyatda sanoat va infratuzilmalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga sharoit yaratish, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish, kadrlarni o‘qishga yuborish va xorijdan malakali trenerlarni jalb qilish orqali chet el tajribalarini amaliyotga joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng ishlab chiqarish korxonalari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari bilan uchrashuv tashkil etilib, aniq reja va takliflar ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют