» » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Prezidenti joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10—11-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda qator sanoat loyihalari ishga tushirildi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi. Ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Surxondaryoga borishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют