» » Qozogistonda avtobus yonishi oqibatida halok bolganlar barchasining jasadlari Aqtobega yetkazildi

Qozogistonda avtobus yonishi oqibatida halok bolganlar barchasining jasadlari Aqtobega yetkazildi


Qozogistonning Aqtobe viloyatida avtobus yonishi oqibatida halok bolgan 52 kishining jasadlari sud-tibbiy ekspertizasini otkazish uchun Aqtobe shahriga yetkazildi. Bu haqda 19-yanvar, juma kuni viloyat mamuriyati matbuot-xizmati malum qildi, deb yozadi TASS.

Hozirgi paytda 52 nafar halok bolganlar barchasining jasadlari avtobusdan chiqarib olinib, Aqtobe shahriga yetkazildi. Qozogistonlik ekspertlar ozbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda tun-u kun sud-tibbiy ekspertizasini otkazmoqda, deyiladi xabarda.

Boshqarma malum qilishicha, 18-yanvar, payshanba kuni kechqurun Ozbekistondan favqulodda vaziyatlar boyicha vazir Rustam Jorayev boshchiligidagi delegatsiya Aqtobega yetib keldi. Delegatsiya tarkibiga sogliqni saqlash, ichki ishlar va diplomatiya xodimlari ham kirdi.

Shu kunning ozidayoq Qozogiston hukumati boshqarmalararo komissiyasi azolari, Aqtobe viloyati hokimligi rahbariyati Ozbekiston delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bir qator birgalikdagi harakatlar muhokama qilindi, deya aniqlik kiritadi matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-01-2018, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -