» » Qoraqalpog‘istonda gaz kondensatining yangi yirik zaxiralari topildi

Qoraqalpog‘istonda gaz kondensatining yangi yirik zaxiralari topildi


2018-yil nafaqat O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i, balki butun mamlakat uchun ham muhim voqeadan boshlandi: Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosida joylashgan Quyi Surg‘il maydonida gaz kondensatining yangi yirik zaxiralarini ochishga erishildi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologik qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu konni razvedka qilishga yangi turtki berdi. Shunga muvofiq “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Ustyurt platosida uglevodorodlarni qidirish ishlarini kengaytirdi.

Mintaqadagi og‘ir sharoitlar va havo harorati tez-tez o‘zgarib turishiga qaramay, mutaxassislar 1-sonli burg‘ilash minorasini o‘rnatdi va birinchi quduqni ochishga kirishdi. Tadqiqotchi-geologlarining taxminlari tasdiqlandi — quduqdan ilk tabiiy gaz chiqa boshladi.

O‘tkazilgan kon-geofizika ishlari tufayli joriy yil yanvar oyi boshlarida 3 600 metr chuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hajmlaridagi zaxiralarini topishga erishildi.

Yaqin vaqt mobaynida mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zaxiralari o‘sishini baholash ishlari bajariladi va Quyi Surg‘il konida geologik qidiruv ishlarning yangi yo‘nalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют