» » Orol dengizida akula bo‘lganmi?

Orol dengizida akula bo‘lganmi?


Orol dengiziga turistlarni sayohatga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi nukuslik tadbirkor Tazabay O‘teuliyev nahang baliqning tishini topganini ma’lum qildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.

— Biz bu ikki dona akula tishini Aqtumsiqda, ya’ni Ustyurt platosining Orol dengiziga tushadigan joyida topdik, — deydi T.O‘teuliyev. — Mutaxassislardan so‘rasam, bu tishlar million yillarga tegishli ekanini aytishdi.

Mo‘ynoq tumanidagi o‘lkashunoslik muzeyida Orol dengizi sohilidan, Ustyurtdan topilgan nahang baliqlarning shunday tishlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Xorijlik va mahalliy sayyohlar qiziqib so‘rashadi: Orol dengizida chindan ham nahang baliq bo‘lganmi?

Orol dengizi to‘lib-toshgan paytlarda baliqchilik bilan shug‘ullangan mo‘ynoqchi nuroniy Almas Tobashev bunday deydi: “Men 40 yil Orolda baliq ovladim, baliqning har xilini ko‘rdim. Dengiz tortilgan yillari ularning qanday qilib o‘lganlarini ko‘rdim, lekin nahang baliqni ko‘rmadim. Mo‘ynoqdagi muzeyda qo‘yilgan nahang baliqlarning tishlari qadimda Kaspiy bilan Orol bir bo‘lib turgan paytlardagi tish bo‘lishi mumkin”.

Nahang tishlari Ustyurt ustida ham topilgan.

Nukuslik Ayap Ismaylov bu haqda shunday deydi: “Ustyurtda 25 yilcha ishladim. Shaqpaqtida (Ustyurtdagi gaz koni)dqadimgi Tetis okeanidan qolgan vodiy bor. O‘sha yerda nahangning ko‘p tishlarini topgandik. Yana bir yili germaniyalik talabalar bilan Orol dengizi sohiliga sayohat qildik. Ular Orol sohilidan nahang baliqning tishlarini, jag‘larini topishgandi. Demak, Orolda nahang baliqlar bo‘lgan. Biroq qaysi davrga tegishli ekanini olimlar bilishi mumkin”.

Ilmiy manbalar qadimda Kaspiy dengizi bilan Orol dengizi bir bo‘lgani, Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum singari cho‘llar Tetis okeanining tubi bo‘lganligini tasdiqlaydi. Ustyurtda, Qizilqumda chig‘anoqlarning ko‘p uchrashi buning yaqqol dalilidir.

“Vikipediya” ma’lumotiga ko‘ra, Tetis okeani deyarli milliard yil mavjud bo‘lgan( eramizdan avvalgi 850 millioninchi yildan 5 millioninchi yilgacha).

Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum singari cho‘llar bo‘lsa bundan 20-30 million yil ilgari paydo bo‘lgan. Ustyurt Kaynozoy erasi o‘rtalari qoldig‘i bo‘lib (21 million yil oldin paydo bo‘lgan), ikki materikning to‘qnashuvidan yuqoriga chiqib qolgan.

Demak, Ustyurtda topilgan nahang baliqlarning tishlari 20 million yillik tarixga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют