» » Chimkentda yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi (video)

Chimkentda yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi (video)


Chimkentda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusida yong‘in yuzaga keldi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Chimkent IIB xodimlari kuzatuv kameralari orqali 10:50 da Jibek Joli ko‘chasida harakatlanayotgan avtobusda yong‘in chiqqanligini ko‘rdi. Yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Politsiya “Shaulin” markasidagi avtobus 22-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanganini aniqladi. Yong‘in chiqqanda unda ikki yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyi politsiya tomonidan qurshab olingan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют