» » Jizzaxda “Sayyor kitob karvoni” haftaligi boshlandi

Jizzaxda “Sayyor kitob karvoni” haftaligi boshlandi


Kitob targ‘iboti va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Sayyor kitob karvoni” deb nomlangan kitob haftaligi tadbirlari Jizzax viloyatida ham o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Nashriyotlar, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tomonidan yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan yangi kitoblar ko‘rgazmasi, yoyma do‘konlarda kitob savdosi tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilayotgan “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” xayriya aksiyalarida to‘plangan kitoblar chekka qishloqlarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish uchun berilmoqda.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” xayriya aksiyasida shaxsiy kutubxonaga ega kitobxonlardan 424 kitob to‘plandi. To‘plangan kitoblar olis qishloqlarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish uchun berildi. Tadbirlarda faol qatnashganlarga tashkilotchilar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют