» » O‘zbekiston bo‘ylab “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yildan boshlab ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur haftalikdan maqsad o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishdir.

Haftalik doirasida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, mahorat saboqlari, turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarga qariyb 2 millionga yaqin o‘quvchi qamrab olindi.

Mazkur haftalik doirasida O‘zbekiston bo‘ylab “Bir farzandga – uch kitob” aksiyasi tashkil etildi.

Shuningdek, haftalik doirasida “Virtual sayohat: “Sevimli kitobim katta erkanda”, “Olam haqida bir olam kitob” multimediali taqdimotlar, “Veblandiya” o‘quvchilari uchun eng yaxshi elektron resurslar taqdimoti” virtual ko‘rgazmasi, “Eng yaxshi kitobxon oila”, Eng yaxshi kitobxon sinf”, “Eng kitobxon maktab” kabi ijodiy tanlovlar, “Ertaklardagi sevimli personajlar” mavzularida viktorinalar, “Ertaklar karvoni”,“Kitoblar olamiga sayohat” mavzularida ifodali o‘qish tanlovi, “Bolalar kitobxonligi sarhadlarini kengaytirib” va “Kitob varaqlaganda…” mavzularida ijodiy uchrashuvlar, “O‘qish — eng yaxshi mashg‘ulot” nomli seminar-trening va boshqa turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют