» » Shavkat Mirziyoyev “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zA  xabar bermoqda.

Mazkur qarorga muvofiq:

Korxonaning o‘zi tomonidan tayyorlangan dorivor moddalar (substansiyalar) va butlovchi buyumlardan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish to‘liq texnologik sikl bo‘yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hisoblanadi;

Korxonaning o‘zi tomonidan tayyorlanmagan dorivor moddalar (substansiyalar) va butlovchi buyumlardan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish to‘liq bo‘lmagan texnologik sikl bo‘yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hisoblanadi;

dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qadoqlash, iste’mol o‘rami va markirovka qilishdan tashqari barcha texnologik bosqichlardan o‘tgan har qanday qadoqlanmagan dori vositasi yoki tibbiyot buyumi in bulk mahsulot deb e’tirof etiladi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini to‘liq va to‘liq bo‘lmagan texnologik sikl bo‘yicha, shuningdek, mahalliy mahsulotlar orasida muqobili bo‘lmagan in bulk mahsulot asosida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga davlat xaridlarida ishtirok etishda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning xuddi shunday mahsuloti qiymatidan 20 foiz miqdorida narx preferensiyalari taqdim etiladi.

2018-yil 15-apreldan boshlab dori vositalari va tibbiyot buyumlarining in bulk mahsulotni import qilishda, ro‘yxatdan o‘tgan to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan texnologik sikl bo‘yicha ishlab chiqariladigan xuddi shunday mahalliy mahsulotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga in bulk mahsulot asosida tayyorlangan mahsulotlar qismiga, ro‘yxatdan o‘tgan xuddi shunday mahalliy mahsulotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar 2019-yil 1-yanvarga qadar saqlab qolinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 23:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют