» » Ozfarmsanoat tugatildi. Uning orniga Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Ozfarmsanoat tugatildi. Uning orniga Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi


Ozfarmsanoat konserni tugatilib, Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Bu Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7-noyabr kuni imzolangan farmonda belgilab qoyilgan.

Agentlikka farmatsevtika tarmogini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yoli bilan ishlab chiqish va amalga oshirish, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sogliqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan taminlash dasturlarini amalga oshirish boyicha vazifalar yuklatilgan.

Shu bilan birga, Agentlik dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini davlat royxatidan otkazish va sertifikatlashni, farmatsevtika korxonalarini tegishli ishlab chiqarish amaliyoti xalqaro qoidalarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.

Sogliqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi, Ozbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Sharq tabobati ilmiy-tadqiqot instituti agentlik tasarrufiga otkazilgan.

: admin (7-11-2017, 22:45)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -