» » Saudiya Arabistonida tuyalar o‘rtasida go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda

Saudiya Arabistonida tuyalar o‘rtasida go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda


Saudiya Arabistoni qumliklarida tuyalar o‘rtasida ikkinchi an’anaviy go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda, deb yozadi UzReport.

Festival 1-yanvardan 1-fevralgacha bir oy davomida o‘tkaziladi. Biroq, tashkilotchilar fikricha, eng ajoyib tomoshalar va chiqishlar aynan hozirgi kunlarda boshlanadi.

Go‘zallik tanlovida 26 mingtaga yaqin tuya ishtirok etmoqda. Tanlov g‘oliblarini katta miqdordagi pul mukofotlari kutmoqda. Xususan, birinchi o‘rin sohibi bo‘lgan tuya egasiga 26 million dollar beriladi.

Shuning uchun ham tuyalar egalari birinchilikni qo‘lga kiritish uchun astoydil intiladi. Ba’zilar, hatto tuyalari yanada chiroyliroq ko‘rinishi uchun plastik jarrohlar xizmatidan ham foydalanadi. Ammo, go‘zallik tanlovi tashkilotchilari tabiiylik tarafdori bo‘lgani uchun g‘irromlik qilgan ishtirokchilar darhol tanlovdan chetlatiladi. Mazkur tanlovda 20 ta shunday holat qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют