» » Azim Mullaxonov: The Cover Up’da hakamlik qilayotgan ba’zi xonandalar hakamlik qilishga arzimaydi

Azim Mullaxonov: The Cover Up’da hakamlik qilayotgan ba’zi xonandalar hakamlik qilishga arzimaydi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov The Cover Up loyihasida hakamlik qilayotgan ba’zi xonandalar hakamlik qilishga, qo‘shiqlari ijro qilinishiga arzimasligini ma’lum qildi. Bu haqda xonanda jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

The Cover Up loyihasining yaxshi tomonlari ham, kamchiliklari ham bor. Kamchiliklari, avvalo, badiiy jihatdan deb bilaman. Shu ko‘rsatuvlarni badiiy jihatdan yaxshi mutaxassis bilan maslahat qilib tayyorlash kerak deb o‘ylayman. Gap-so‘zlarda, chiqishlarda, ijrolarda, aytilayotgan qo‘shiqlarning ohanglarida mutaxassis bilan maslahat qilish kerak.

Bir xil xonandalarning qo‘shiqlarni eshitdim, o‘sha xonandalarning qo‘shig‘ini ijro qilishga va ular hakamlik qilishga arzimaydi. Hozir bu xonandalarining kimligini aniq aytsam, ular mendan xafa bo‘lib qolishadi, ammo ko‘pchiligining qo‘shig‘i ijro qilishga arzimaydi.

Nima bo‘lganda ham, xalqqa badiiy jihatdan yetuk narsalarni ko‘rsatish kerak. Efirga uzatilayotgan ko‘rsatuvni, qo‘shiqni, klipni ko‘rgan, eshitgan oddiy xalq ham, mutaxassis ham unga yaxshi baho berishi kerak. Davlat telekanali bo‘ladimi, xususiy telekanal bo‘ladimi badiiy jihatdan yetuk bo‘lgan qo‘shiqlar va ko‘rsatuvlarni xalqimizga taqdim qilishlari lozim. Badiiy jihatdan mukammal bo‘lmagan narsalarni efirga olib chiqmaslik kerak deb o‘ylayman.

Azim Mullaxonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют