» » Rossiyaning 10 yillik qurollanish davlat dasturi qabul qilindi

Rossiyaning 10 yillik qurollanish davlat dasturi qabul qilindi


Rossiyaning 2018—2027-yillarga mo‘ljallangan qurollanish davlat dasturi qabul qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. 

“Biz 2027-yilgacha qurollanish dasturi va davlat mudofaa buyurtmasini qabul qilib bo‘ldik”, — dedi Putin Boshqirdistonga tashrifi chog‘ida. 

Davlat dasturiga, jumladan, “Borey-B” atom suv osti kreyseri qurilishi, Su-57 va MiG-35 qiruvchi samolyotlarining safga qo‘shilishi, Tu-95, Tu-160 samolyotlari va Tu-22M3 bombardimonchisining takomillashtirilishi, yangi “Sarmat” strategik raketa kompleksi, S-500 zenit-raketa kompleksi, “Sirkon” gipertovushli raketasi ustidagi ishlar kiritilgan. 

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Yuriy Borisov oldinroq yangi dasturning asosiy yo‘nalishi yadroviy tiyish tizimlarini rivojlantirish bo‘lishini bildirgandi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют