» » Yoshlar ittifoqi moliya vazirligiga 1000 nafardan ortiq yosh kadr topib berdi

Yoshlar ittifoqi moliya vazirligiga 1000 nafardan ortiq yosh kadr topib berdi


Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va uning hududiy kengashlari tomonidan moliya vazirligi tizimida ishlash istagini bildirgan 1000 nafardan ortiq nomzodlar ro‘yxati taqdim etilgan, deb xabar beradi O‘zA.

Taqdim qilingan nomzodlar ichidan birinchi navbatda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi. Natijada moliya vazirligi markaziy apparatida 101 nafar, hududiy moliya organlarida 296 nafar, jami 397 nafar yoshlar amaliyot o‘tashga jalb qilindi.

Amaliyot yakunlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni vazirlik kadrlar zaxirasiga kiritish hamda ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Moliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan qolgan nomzodlarni ishga qabul qilish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют