» » Oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdagi monopoliyaga chek qo‘yiladi

Oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdagi monopoliyaga chek qo‘yiladi


Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berishga xizmat qiladi, deb yozadi O‘zA.

Bu haqda poytaxtda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan Prezidentning 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tabirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatida aytib o‘tildi.

Iste’mol tovarlarini respublika tovar-xomashyo birjalarida sotishga (sotib olishga) qo‘yilgan taqiq bekor qilinishi va shakar ishlab chiqaruvchilar 2019-yilning 1-yanvariga qadar import xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinayotgani iste’mol mahsulotlari tanqisligining oldini oladi.

Ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3 ming 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, shundan pul mablag‘lari eng kam ish haqining 1 ming 200 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab bekor qilinishi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishdagi monopoliyaga chek qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют