» » Toshkent shahar YHXB xodimlari 24-yanvar kuni 3800 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Toshkent shahar YHXB xodimlari 24-yanvar kuni 3800 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 24-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 3853 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 21 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 45 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 54 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 64 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 511 ta odam tashish qoidalarini buzish, 290 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 1 ta bo‘ysunmaslik, 1560 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 93 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют