» » Germaniyada yarim tonnali bomba topilgani tufayli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Germaniyada yarim tonnali bomba topilgani tufayli 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi


Germaniyaning Boxum shahri markazidan 500 kilogrammli bomba aniqlangani sababli 10 mingdan 12 ming kishigacha evakuatsiya qilindi. Bu haqda shahar rasmiylari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Kishilardan nafaqat portlovchi qurilma topilgan hududdagi ko‘chalar, balki inshootlar, jumladan, ma’muriy binolar va shaharning tarixiy ratushasini ham tark etish so‘raldi.

Bomba politsiyachilar tomonidan ko‘chadan topilgani, mutaxassislar uni nazorat ostida portlatishga ulgurgani bildirilmoqda.

Operatsiyaga xavfsizlik xizmatlarining 250 nafardan ortiq xodimi jalb etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют