» » Alibaba Group kapitalizatsiyasi 500 milliard dollarga yetdi

Alibaba Group kapitalizatsiyasi 500 milliard dollarga yetdi


Xitoyning Alibaba Group internet kompaniyasi mamlakatda bozor kapitalizatsiyasi 500 milliard dollar ko‘rsatkichdan oshgan ikkinchi yuqori texnologik kompaniyaga aylandi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Bu uning aksiyalari qiymati oshishi fonida yuz berdi — ularning kursi Nyu-York fond birjasida 198 dollar ko‘rsatkichdan oshdi. Bu Alibaba’ni dunyoning yirik yuqori texnologik kompaniyalari — Apple (886 milliard dollar), Alphabet (812 milliard dollar), Microsoft (708 milliard dollar), Amazon (654 milliard dollar) va Facebook (544 milliard dollar) bilan bir qatorga chiqardi.

2017-yilning noyabrida bu “klub”ga Xitoyning Tencent telekommunikatsion giganti ham kirdi. Hozirgi paytda uning kapitalizatsiyasi hajmi 570 milliard dollardan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют