» » Moskvalik erkak valyuta ayirboshlash jarayonida 138 million rubldan ajraldi

Moskvalik erkak valyuta ayirboshlash jarayonida 138 million rubldan ajraldi


Moskvalik erkak valyuta ayirboshlash shoxobchasida 138 million rubldan (qariyb 2 million yevro) ajraldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Xabar berilishicha, 2017-yil 13-dekabrda erkak Moskva markazidagi valyuta ayirboshlash shoxobchasiga kirgan. U 138,6 million rublni yevroga almashtirmoqchi bo‘lgan.

Ayirboshlash jarayonida noma’lum kishilar erkakka 138 million rubl evaziga to‘rt ming yevro va qariyb ikki million yevroga teng deb hisoblangan qadoqdagi pulni bergan.

Erkak aldanganini kechqurun tushunib yetgan va politsiyaga murojaat qilgan. Bir oydan ko‘proq davom etgan tekshiruv katta miqdordagi pul bilan bog‘liq firibgarlik sodir etilganini tasdiqlagan. Politsiya gumonlanuvchilarga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 1) ( 62) ( 0)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...