» » Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan “Dorut-tilovat” majmuasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan “Dorut-tilovat” majmuasini ziyorat qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari doirasida Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan “Dorut-tilovat” majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Taomilga binoan o‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Ulamolar bilan muloqotda xalq faravonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so‘z yuritildi.

“Dorut-tilovat” majmuasi Ko‘k gumbaz masjidi, Shayx Shamsiddin Kulol, Gumbazi Sayidon maqbaralari va hujralardan iborat bo‘lib, ular, asosan, XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida bunyod etilgan. “Dorut-tilovat” so‘zi “Qur’on o‘qiladigan yoki tilovat qilinadigan joy” ma’nosini anglatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют