» » Shvetsiyada IKEA asoschisi Ingvar Kamprad olamdan o‘tdi

Shvetsiyada IKEA asoschisi Ingvar Kamprad olamdan o‘tdi


Shvetsiyada IKEA mebel kompaniyasi asoschisi Ingvar Kamprad olamdan o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Tadbirkor 91 yoshda edi. U 27-yanvar kuni Smolanddagi uyida vafot etdi.

Kamprad kompaniyaga 17 yoshida asos solgandi. IKEA nomi uning ism-sharifi va o‘sib-ulg‘aygan joylari (Elmtarid va Agunnaryud) bosh harflaridan iborat.

Kamprad 2013-yilgacha IKEA direktorlar kengashida bo‘lgan. Hozirda uning o‘g‘illari kompaniyada rahbarlik lavozimlarini egallab kelmoqda.

IKEA dunyoning 49 davlatida faoliyat yuritadi, ularda 411 ta do‘koni ochilgan.

Forbes Kamprad va uning oilasi mol-mulkini 3,5 milliard dollar baholagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют