» » Osiyo chempionligiga erishgan o‘zbekistonlik futbolchilarni yangi Malibu’lar kutmoqda (video)

Osiyo chempionligiga erishgan o‘zbekistonlik futbolchilarni yangi Malibu’lar kutmoqda (video)


Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan yana bir necha daqiqalardan so‘ng “O‘zbekiston” mehmonxonasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qit’a chempionlarining har biriga Prezident sovg‘asi — bittadan yangi Chevrolet Malibu avtomobillarining kalitlari topshiriladi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, Osiyo chempioniga aylangan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi hozirgina Toshkent shahriga yetib kelgan.

Qahramonlarni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya kutib olgan. Ularning orasida Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quranboyev va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют