» » Kobuldagi harbiy akademiyaga hujum qilgan 5 terrorchining 3 nafari yo‘q qilindi

Kobuldagi harbiy akademiyaga hujum qilgan 5 terrorchining 3 nafari yo‘q qilindi


Afg‘oniston kuch tuzilmalari xodimlari 29-yanvar, dushanba kuni ertalab Kobuldagi marshal Muhammad Qosim Fahim harbiy akademiyasiga hujum qilgan besh nafar terrorchining uch nafarini yo‘q qildi, bir terrorchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” Afg‘oniston mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

O‘quv muassasasi hududiga yashirinib olgan terrorchini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.

Harbiy o‘quv muassasasiga dushanba kuni ertalab qurolli guruh hujum uyushtirgan edi.

Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют