» » Olimlar saraton rivojlanayotganligi haqida xabar beruvchi omilni aniqladi

Olimlar saraton rivojlanayotganligi haqida xabar beruvchi omilni aniqladi


Kopengagen universiteti olimlari onkologik xastaliklarni yo‘g‘on ichak to‘qimalarida GalNAc-T6 fermenti mavjudligi bilan bog‘lamoqda. Tadqiqot natijalari Journal of Biological Chemistry jurnalida chop etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Olimlar ushbu ferment sog‘lom to‘qimalarda bo‘lmasligi, biroq saraton o‘smasi hujayralarida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lishini aniqladi.

GalNAc-T6 shakar molekulalarini ma’lum bir oqsillarga biriktirish orqali sog‘lom hujayralarni saraton hujayralariga aylantirish jarayonini ishga tushiradi. Bu esa, o‘z navbatida, hujayralar tuzilishini o‘zgartiradi va ularning agregatsiyasini (yopishib qolishi) chaqiradi.

Olimlar shakar molekulalarining ma’lum bir oqsillarga birikishi qay tarzda organizm hujayralarining anomal rivojlanishiga olib kelishini aniqlashi zarur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют