» » Stress qanday qilib sochlaringizga zarar yetkazadi?

Stress qanday qilib sochlaringizga zarar yetkazadi?


Stress sochlaringiz go‘zalligi va sog‘lig‘iga sezilarli darajada zarba berishi mumkin. Bundan ham yomonrog‘i, agar stressdan sochlaringiz shunchalik zarar ko‘rgan bo‘lsa, organizmingizdagi boshqa a’zolarga qanday talafot yetkazilganini o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring!

Agar siz quyida sanab o‘tilgan alomatlardan birini yoki bir nechtasini sezib qolsangiz, unda o‘zingizdagi stress darajasini nazorat qilish masalasiga jiddiyroq munosabatda bo‘ling.

Ish almashtirish, tug‘ish va hatto gripp ham sochlar to‘kilishining yetarli sabablari bo‘lishi mumkin. Agar siz taroqda odatdagidan ikki baravar ko‘proq sochlarni sezib qolsangiz — va bu ikki haftadan uzoqroq muddat davom etsa — sababi stress bo‘lishi mumkin.

Stress tufayli sochlar to‘kilishining yana bir alomati — boshning tanga kattaligidagi ikki chakkasida soch to‘kilishi. Aylanma alopetsiya — immun tizimining hujumi ta’sirida soch follikulalarining buzilishi va garchi buning sabablari aniq bo‘lmasa ham, keltirib chiqaruvchi ma’lum omil stress hisoblanadi.

Bu muammo bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari stress nosog‘lom ovqatlarni afzal ko‘rishga olib kelishini isbotladi. “Noto‘g‘ri, nosog‘lom ovqatlanish organizmni tirik qolishga urinish holatiga kiritib qo‘yadi, quvvat sarf qilish tejamkorlik  rejimiga o‘tadi va sochlarning o‘sishi kun tartibiga kirmay qo‘yadi”, — deb tushuntiradi dermatolog Lindsi Bordone.

Odamlarning taxminan 1 foizi trixotillomaniyadan — ko‘pincha vahimaga tushish holatida odamning o‘z sochlarini yulish alomatlari bilan namoyon bo‘ladigan kasallikdan aziyat chekadi. Bu kamdan-kam yuz beradigan holatlar, lekin agar siz o‘zingizda shunday g‘ayriixtiyoriy harakatlarni sezib qolsangiz, dermatologga yoki psixiatrga murojaat qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Agar siz sochlaringizga stress zarar yetkazayapti deb gumon qilayotgan bo‘lsangiz, xavfli sabablarni (masalan, gormonal o‘zgarishlar va kamqonlik) istisno qilish uchun shifokor qabuliga yoziling. Va diqqatingizni stressni yo‘qotish usullariga qarating.

Manba: “Zdorovie.com”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют