» » O‘zbekistonda diplomatik daxlsizlikka ega shaxslar YPX xodimlariga haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatishi majburiy qilib belgilandi

O‘zbekistonda diplomatik daxlsizlikka ega shaxslar YPX xodimlariga haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatishi majburiy qilib belgilandi


Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda o‘z maqomidan qat’iy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majburdir. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Bu O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining “O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilandi.

Shuningdek, yo‘riqnomaga daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jarima O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda to‘lanishi to‘g‘risidagi qo‘shimcha kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют