» » Amerikalik erkak lotereyada 1 million dollar yutib oldi va 3 haftadan keyin vafot etdi

Amerikalik erkak lotereyada 1 million dollar yutib oldi va 3 haftadan keyin vafot etdi


Nyu-York shtatidagi Sidni shahrida yashovchi Donald Savastano 2018-yilning 4-yanvarida lotereyadan bir million dollar yutib oldi va uch haftadan so‘ng saraton kasalligidan vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Savastano lotereya chiptasini 10 dollarga sotib olgan va g‘olibga aylangan. U yutuqni bir vaqtning o‘zida olishga qaror qilgan va bu 661,8 ming dollarni tashkil qilgan.

Savastano yutuqdan so‘ng bergan intervyusida katta rejalari yo‘qligini, yangi yuk mashinasi sotib olmoqchi ekanligini, qarzlarini to‘lashini va investitsiya qilishini aytgan. U organizmida kechayotgan saratonning to‘rtinchi darajasi sababli 26-yanvarda vafot etdi va rejalarini amalga oshira olmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 01:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют