» » Video: 83 tonnali Ramzes II haykalining ko‘chirilishi

Video: 83 tonnali Ramzes II haykalining ko‘chirilishi


Katta Misr muzeyi Gizada 16 yildan buyon qurilmoqda. Maydoni 50 gektar bo‘lgan muzey bu turdagilar ichida dunyoda eng kattasi bo‘ladi. Muzey hududining uchdan ikki qismiga Misrning qadimiy joylaridan topilgan eksponatlar joylashtiriladi, deb yozmoqda National Geographic.

Yoshi uch ming yildan ortiq, vazni 83 tonna, balandligi esa 11 metr bo‘lgan Ramzes II haykali muzeyning bezagi bo‘ladi va unga tashrif buyuruvchilarni birinchi bo‘lib qarshi oladi. Haykal 25-yanvarda muzey hududiga ko‘chirildi. Ko‘chirish operatsiyasi xarajatlari 800 ming dollarni tashkil qilgan.

Pushti granitdan yasalgan haykal Memfisda topilgan va 1954-yilda Qohiradagi vokzal maydoniga o‘rnatilgan. Haykalga poyezdlar harakati natijasida yuzaga keladigan tebranishlar zarar yetkazmasligi uchun uni Giza platosiga ko‘chirishga 2006-yilda qaror qilingan. Haykalning nusxasi Qohira aeroportia olib boruvchi yo‘lda o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 01:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют