» » O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanish mumkin?

O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanish mumkin?


O‘zbekistonda eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi, deb xabar beradi “Asr.uz”.

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish:

2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — ular egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda;

2019-yil 1-yanvar — 2020-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — majburiy tartibda;

– avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 — 2020-yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют