» » Shifokorlar kunduzgi uyqu va halokatli xastalik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

Shifokorlar kunduzgi uyqu va halokatli xastalik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi


Kunduzgi vaqtda uyquchilikni boshdan kechiruvchi kishilar Alsgeymer xastaligiga chalinishga ko‘proq moyil. AQSh Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi, deb yozadi MedPage Today.

Tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshni tashkil etdi.

Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilar biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, beta-amiloidlarni (Alsgeymer xastaligini keltirib chiqaruvchi peptidlar) aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiya yordamida ularning bosh miyasi suratlari olindi.

Shifokorlar miya faoliyatini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan amiloid toshmalari bo‘lgan insonlar kechasi yomon uxlab, kunduzi uyquchanlikni boshdan kechirishini aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют