» » Jahon Chempionati kubogini ko‘rishni va mundial uchun beriladigan 50 ta chiptadan birini yutib olishni istaysizmi?

Jahon Chempionati kubogini ko‘rishni va mundial uchun beriladigan 50 ta chiptadan birini yutib olishni istaysizmi?


O‘zbekiston terma jamoasi har to‘rt yillikning eng muhim futbol musobaqasi — Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Shunday bo‘lsa-da, tarixda ilk bor FIFA kubogi O‘zbekistonga keladi.

FIFA World Cup™ tomonidan Trophy Tour by Coca-Cola aksiyasi doirasida yagona va takrorlanmas FIFA kubogi birinchi marotaba O‘zbekistonga olib kelinadi. Tur doirasida matbuot anjumani o‘tkaziladi, shuningdek, kubok o‘zbekistonliklar uchun namoyish etiladi.

Trophy Tour by Coca-Cola tadbiri har 4 yilda bir marta — Jahon Chempionati boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tadi. Jahon kubogi bungacha Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilmagandi.

6-fevral kuni Toshkentdagi tarixiy voqea davomida siz Coca-Cola’ning Facebook va Instagram’dagi rasmiy sahifasida o‘tadigan onlayn-tanlovda mundial uchun beriladigan 50 ta chiptadan birini yutib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot tashkilotchilarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida aks etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют