» » Samarqandda sotuvchi to‘lovni plastik orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan xaridordan qo‘shimcha pul talab qildi

Samarqandda sotuvchi to‘lovni plastik orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan xaridordan qo‘shimcha pul talab qildi


Samarqand shahrida yashovchi M.Qo‘shshayeva iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qildi, deb yozadi “Biznes-daily.uz”.

Fuqaro o‘z murojaatida qayd etishicha, Sartepa maskanida joylashgan savdo do‘konidan ayollar ko‘ylagini xarid qiladi. Sotuvchi xaridorga “Pulingiz naqd bo‘lsa, libosni 115 ming so‘mga beraman. Plastik kartochkaga esa 120 ming so‘m”, deb turib oladi.

Murojaat mas’ul mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi. Do‘kon xodimlariga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati xususida tushuntirishlar berildi.

Qayd etilishicha, sotuvchi xatosini tan olgan va xaridordan uzr so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют