» » Xovosda 98 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi

Xovosda 98 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi


Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi Turkiston massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan 16 xonadonga mo‘ljallangan 2 qavatli bitta hamda har biri 2 sotixli yeri bo‘lgan sakson ikkita uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida aholi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish, namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar barpo etishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

— Yaratganga shukr, yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan arzon uy-joylardan biriga ega bo‘ldik, — deydi avtokorxona chilangari Shavkat Meliboyev. — Turmush o‘rtog‘im va 2 farzandim, shuningdek, uch aka-uka kichkina bir hovlida tiqilishib turardik. 3 xonali zamonaviy uyning oldida 2 sotixli yeri ham bor. Mehmonxona, dam olish, bolalar xonasi alohida, tashqi va ichki oshxona, hatto, og‘ilxona va individual isitish qozonxonasi ham bor ekan. Xullas, bir oilaning baxtiyor hayot kechirishi uchun barchasi muhayyo. Nihoyatda xursandman. 

Milliy urf-odatlarga ko‘ra, Xovos tumani hokimligi tomonidan uy to‘yiga atab dasturxon yozildi, osh damlandi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют