» » Donald Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ilgari surishdi

Donald Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ilgari surishdi


AQSh prezidenti Donald Tramp nomzodini uchinchi marta tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun ilgari surishdi. Bu haqda Norvegiya instituti direktori Xenrik Urdal ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Bizni Trampning nominatsiyasi va u mukofot uchun nomzod bo‘lgani haqida xabardor qilishganini tasdiqlay olaman. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu nominatsiya ortida kim turgani haqida hech narsa ayta olmayman, chunki bu maxfiy ma’lumot. Uni faqat amerikalik ilgari surganini ayta olaman”, — dedi Urdal.

Bundan tashqari, institut direktori o‘sha odam avvalgi yillari ham Tramp nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi. Ta’rifda Amerika prezidenti bu mukofotga “kuch yordamida tinchlik uchun kurash” mafkurasiga sodiqligi uchun loyiqligi aytiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют