» » Andijon viloyatining bir nechta tumanida Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi

Andijon viloyatining bir nechta tumanida Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi


Bugun, 1-fevral kuni Andijon viloyatining bir necha tumanlarida Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlariga oq fotiha beriladi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

“Ushbu viloyatdagi musobaqalar juda ham o‘zgacha fayz-u tarovatda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sababi O‘zbekistondagi eng mashhur qorilar aynan Andijon zaminidan yetishib chiqqan. Qur’on musobaqasini bezab turgan Hasanxon qori, Ismoil qori, Abdulbosit qori, Avaz qori va Muhiddin qori kabi ziynat qorilar mana shu o‘lka farzandlaridir”, — deyiladi xabarda.

Andijon shahridagi “Andijon” to‘yxonasi, Andijon viloyat vakilligi binosi, Oltinko‘l tumani “Oltinko‘l” jome masjidi, Izboskan tumani “Ahmadali hoji” jome masjidi, Asaka tumani “Xolid ibn Valid” jome masjidi, Shahrixon tumani “Namozgoh” jome masjidi, Xo‘jaobod tumani “Yetti chinor” jome masjidi, Qo‘rg‘ontepa tumani “Ramazon qori” jome masjidida musobaqaning hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют