» » Shayxontohurdagi “Oqilon” masjidi imom-xatibi O‘zbekistonda “Yil imomi” deb topildi

Shayxontohurdagi “Oqilon” masjidi imom-xatibi O‘zbekistonda “Yil imomi” deb topildi


Toshkentda 8-noyabr kuni “Yil imomi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati.

Respublika bosqichiga yetib kelgan 14 nafar imom-xatib maxsus nizom asosida — diniy va dunyoviy bilimlari saviyasi, tashabbuskorligi, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, ommaviy axborot vositalaridagi faolliklari bo‘yicha baholangan.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqilon” jome’ masjidi imom-xatibi Isomiddin Ahrorov g‘olib deb topilgan.

Ikkinchi o‘rin Toshkent viloyati Qibray tumani “Sa’dulla ota” jome’ masjidi imom-xatibi Obidjon Mirhamidovga, uchinchi o‘rin esa Navoiy viloyati Nurota tumani “Chil Ustun” jome’ masjidi imom-xatibi Jamoliddin Mubinovga nasib etdi.

Toshkent shahar vakilligining qayd etishicha, 2014-yilgi “Yil imomi” tanlovida poytaxtdagi “Hazrati Ali” jome’ masjidi imom-xatibi Salohiddin Sharifov, 2015-yilgi tanlovda Toshkentdagi “To‘xtaboy” jome’ masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov, 2016-yilgi ko‘rikda esa Toshkentning “Bo‘rijar” jome’ masjidi imom-xatibi Husniddin Abdukarimov g‘olib chiqqan edi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют