» » “Novza” masjidi Bunyodkor—Muqimiy kesishmasidagi ko‘prik qurilishi uchun ehson oshi tarqatdi

“Novza” masjidi Bunyodkor—Muqimiy kesishmasidagi ko‘prik qurilishi uchun ehson oshi tarqatdi


Toshkentdagi “Novza” jome masjidining yonida, Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishadigan chorrahada ko‘prik qurilish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

“Mazkur ulkan ishga arzimas hissa qo‘shish maqsadida, ‘Novza’ masjidi imom-xatibi, masjid qavmi, hay’at a’zolari, namozxonlar tashabbuslari bilan homiylarni jalb qilgan xolda, xayriya ehsoni tashkillashtirildi”, — deyiladi idora axborotida.

Unda masjid faollari, otaxonlar ishtirok etgan. Tadbirda Qur’oni karim tilovat qilinib, “bu ishga bosh-qosh bo‘lib turgan azizlarimiz va quruvchilarning haqiga duoyi xayrlar qilindi”.

“Tadbir so‘ngida osh tarqatilib, ularning yurtimiz obodligi yo‘lida qilayotgan ishlariga muvafaqqiyat tilandi”, — deyiladi idora axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют