» » Piskentda yangi jome masjidi foydalanishga topshirildi (foto)

Piskentda yangi jome masjidi foydalanishga topshirildi (foto)


Toshkent viloyati Piskent tumani markazida yirik inshoat, jome masjidi qurilib, namozxonlar ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2017-yilning 2-iyuli piskentliklar uchun unutilmas kun bo‘ldi. Masjidning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati bosh imom-xatibi X.Turmatov, Piskent tuman hokimi A.Akramov, Piskent tuman bosh imom-xatibi va Olmaliq shahar bosh imom-xatibi X.Ortiqovlar so‘zga chiqib, namozxonlarni bu qutlug‘ dargoh, go‘zal koshona, e’tiqod maskani bilan qutladilar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda din erkinligi sohasida, namozxonlarning ibodat qilish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Masjid ahli yangi masjid binosida Toshkent viloyati bosh imom-xatibi boshchiligida ilk bora peshin namozini o‘qidilar. “Piskent” jome masjidida ibodat qiluvchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Namozxonlarning yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilgan e’tibor sabab qalblari xursandchilikka to‘ldi.

Zaynilobiddinxon Qudratov, Piskent tumani bosh imom xatibi

Masjid birvarakayiga 2000 namozxonni sig‘dirish imkoniyatiga ega. Loyihaga asosan o‘ta mustahkam tamal toshi ustiga pishiq g‘ishtdan qurilgan. To‘rt mezanali, gumbazli, o‘ta salobatli. Masjidni gumbazi o‘ta chidamli metalldan — Olmaliq metall zavodida yasalgan. Tomi eng zamonaviy metall qoplama bilan yopilgan. Shifti gipsokarton bilan qoplangan, isitish uchun penoplast to‘shalgan. Eshik va derazalariga zamonaviy akfa romlari o‘rnatilgan. Polga isitish moslamasi o‘rnatilgan. Polga bir sidirg‘a 1200 kv.metr gilam poyandoz to‘shalgan. Zina, hovli sahni va yo‘lkalarga kafel va bruschatkalar yotqazilgan. Tahoratxona va mustahabxonalar eng zamonaviy uslubda jihozlangan. Mo‘jazgina kutubxona tashkil etilgan. Masjid sahni obod, ko‘kalamzorlashtirilgan. Manzarali daraxt va gullar ekilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют