» » Toshkent viloyatida 2 himoyasiz ayolni qo‘rqitib, uyidan qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan yigitlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 2 himoyasiz ayolni qo‘rqitib, uyidan qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan yigitlar qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi ikki yigit bir kunning o‘zida ikki himoyasiz ayolni qo‘rqitib, ularning uyidan qimmatbaho buyumlarini olib chiqib ketgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Endigina 23 yoshni qarshilagan bu yigitlar o‘zlarining qing‘ir ishlarini oldindan rejalashtirib oladi. So‘ngra o‘zlari yashagan Toshkent viloyati Piskent tumani “Oqtepa” MFYga qo‘shni bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani S.Segizbayev fermerlar uyushmasi 1-bo‘lim Shohruhiya qishlog‘i hamda Bo‘ka tumani “Toshloq” MFYda istiqomat qilgan uy bekalariga do‘q-po‘pisa qilib ikki dona mobil telefoni va sariq metalldan yasalgan ikki juft ziragi, bundan tashqari, 180 ming so‘m pulini tortib olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida bu ikki jinoiy sherik qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini o‘rganish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют