» » OAV: Kiribati akvatoriyasida cho‘kib ketgan parom bortida 88 kishi bo‘lgan

OAV: Kiribati akvatoriyasida cho‘kib ketgan parom bortida 88 kishi bo‘lgan


Tinch okeanining Kiribati qirg‘og‘i yaqinida cho‘kib ketgan parom ichida 88 kishi bo‘lgan, ularning 23 nafari maktab o‘quvchilaridir. Bu haqda Yangi Zelandiya radiosiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, parom bortida 10 nafar kichik sinf o‘quvchilari va 13 nafar o‘rta hamda katta maktab o‘quvchilari bo‘lgan”, — deya aniqlik kiritadi radio. Qutqaruv operatsiyalari hamon davom etmoqda, biroq ishtirokchilarning tan olishicha, odamlarni topish imkoniyati borgan sari kamaymoqda. Kiribati hukumati bedarak yo‘qolganlar uchun bir hafta milliy iltijo kunini e’lon qildi.

Unchalik katta bo‘lmagan MV Butiraoi paromi Nonouti orolidan 18-yanvar kuni yo‘lga chiqqan va oradan ikki kun o‘tgach 280 kilometr uzoqlikdagi Tarava oroliga yetib kelishi lozim bo‘lgan. Kiribati hukumati parom belgilangan manzilga yetib kelmaganidan faqatgina oradan bir necha kun o‘tgach xabar topgan. Parom uchun hech qanday chipta sotilmagani, pul to‘laganlar bortga shundoq chiqarib yuborilgani sabab bedarak yo‘qolganlar sonini aniqlash ancha mushkul kechdi.

Nonouti mahalliy kengashi a’zolari oroldagi barcha uylarni tekshirib chiqish natijasida bedarak yo‘qolganlar soni 88 nafar kishiga teng ekanligini aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют