» » Uch yil avval cho‘kib ketgan “Sevol” paromi ilk bor suv yuzasiga chiqarildi

Uch yil avval cho‘kib ketgan “Sevol” paromi ilk bor suv yuzasiga chiqarildi


Uch yil avval Sariq dengizda cho‘kib ketgan “Sevol” paromi ilk bor suv yuzasiga chiqarildi. Kemani ko‘tarish bo‘yicha operatsiya 22-mart, chorshanba kuni boshlandi, deya ma’lum qildi “TASS”.

“66 ta po‘lat arqon yordamida ‘Sevol’ni dengiz tubidan siljitishga muvaffaq bo‘lindi. Uning ostiga maxsus taglik qo‘yildi va 24 metr yuqoriga ko‘tarildi”, — deyiladi Janubiy Koreya dengiz va baliq xo‘jaligi vazirligi xabarida. 

Parom korpusini suv sathidan 13 metr ko‘tarish va maxsus dokka yuklab, Mokpxo portiga olib ketish rejalashtirilmoqda. Buning uchun mazkur jarayon davomida qulay ob-havo sharoiti bo‘lishi talab etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, parom 2014-yil 16-aprelda Inchxon portidan Chejudo oroliga yo‘l olayotganida cho‘kib ketgan. Fojia oqibatida 304 kishi, asosan maktab o‘quvchilari halok bo‘ldi. 9 kishining jasadi topilmadi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют