» » Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya KXDR tomonidan raketa uchirilishini kuzatish bo‘yicha hamkorlikdagi mashqlarni boshladi

Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya KXDR tomonidan raketa uchirilishini kuzatish bo‘yicha hamkorlikdagi mashqlarni boshladi


Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya 14-mart, seshanba kuni KXDR tomonidan raketa uchirilishini kuzatish bo‘yicha hamkorlikdagi ikki kunlik mashqlarni boshladi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Mashqlar davomida Sharqiy Yapon dengizida o‘quv raketasi uchiriladi va uni Aegis axborot-boshqaruv jangovar tizimi bilan jihozlangan uch kema kuzatib boradi. Mashg‘ulotlarda “Sedjontevan” (Janubiy Koreya), “Kirisima” (Yaponiya) va “Kyortis Uilbur” (AQSh) kemalari ishtirok etadi”, — deyiladi qo‘mondonlik tomonidan tarqatilgan press-relizda.

Manyovrlar chog‘ida uch tomon o‘rtasida ma’lumot almashinuv tizimi sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bunday mashqlar oldinroq uch marotaba — o‘tgan yil iyun, noyabr oylarida va joriy yil yanvarida o‘tkazilgan edi.

Ma’lumot uchun, AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlari 13-mart, dushanba kuni favqulodda holat yuz berganda Koreya yarim orolida Amerika qo‘shinlarini kengaytirishga qaratilgan Key Resolve qo‘mondonlik-shtab mashqlarini ham boshladi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют