» » Yaponiya, AQSh va Koreya Respublikasi TIV rahbarlari KXDR tomonidan raketa uchirilganligini muhokama qildi

Yaponiya, AQSh va Koreya Respublikasi TIV rahbarlari KXDR tomonidan raketa uchirilganligini muhokama qildi


Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida 6-mart, dushanba kuni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Janubiy Koreya tashqi ishlar boshqarmasi rahbari Yun Byon Se bilan telefon orqali uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Yaponiyaning NHK televideniyesi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Tomonlar KXDR  tomonidan raketa uchirilganligini muhokama qilganligi ma’lum qilinmoqda. Muzokaralar haqidagi yanada to‘liqroq ma’lumotlar hozircha ma’lum qilinmadi.

KXDR g‘arbiy sohilidan Yapon dengizi yo‘nalishida to‘rtta raketa uchirdi. Yaponiya hukumatining ma’lum qilishicha, raketalar ming kilometrga yaqin parvoz qilgan va ulardan uchtasi Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi hududiga qulagan. Tokio Pxenyan harakatlarini keskin qoraladi va unga diplomatik kanallar orqali norozilik notasini yubordi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют