» » BMT Xavfsizlik kengashi KXDR yana raketa sinovlarini o‘tkazsa, javob choralari ko‘rishi haqida ogohlantirdi

BMT Xavfsizlik kengashi KXDR yana raketa sinovlarini o‘tkazsa, javob choralari ko‘rishi haqida ogohlantirdi


BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi raketa sinovlarini qat’iy qoraladi va Pxenyandan rezolyutsiyani buzishdan tiyilishni talab qildi, deb yozadi “TASS”.

13-fevral, dushanba kuni matbuot uchun qabul qilingan bayonotda Xavfsizlik kengashi a’zolari Shimoliy Koreya rahbariyatiga bunday harakatlar takrorlanadigan bo‘lsa, “yanada jiddiy choralar” ko‘rilishi bilan tahdid qildi.

Xavfsizlik kengashi Koreya yarim orolida vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish tarafdori ekanligini tasdiqladi va barcha mamlakatlarni Pxenyanga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar to‘la kuchga kirishi uchun “kuchlarni ikki karra oshirishga” chaqirdi. BMT Xavfsizlik kengashidagilar mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishi va zarur bo‘lsa, mavjud sanksiya rejimini kuchaytiruvchi “yanada jiddiy choralar ko‘rishi” haqida ogohlantirdi.

Avvalroq Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR shimoli-g‘arbidagi Pxyonan-Pukto provinsiyasida joylashgan poligondan 12-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 07:55 da (Toshkent vaqti bilan 03:55 da) raketa parvozi amalga oshirilganini ma’lum qilgan edi. Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, raketa 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

Keyinroq Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada KXDR uchirgan ballistik raketa taxminan 350 km masofaga parvoz qilib, Yapon dengizi akvatoriyasiga qulaganini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют