» » KXDR BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi haqqoniyligini baholash uchun ekspertlar forumini o‘tkazishga chaqirdi

KXDR BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi haqqoniyligini baholash uchun ekspertlar forumini o‘tkazishga chaqirdi


KXDR BMT Xavfsizlik kengashining Pxenyanga nisbatan sanksiyalar kiritish haqidagi qarori haqqoniyligini baholash uchun xalqaro konferensiya o‘tkazish kerak deb hisoblaydi. Bunday bayonot bilan mamlakat Milliy yuridik qo‘mitasi vakili chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning bayonotida ta’kidlanishicha, BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar kiritish haqidagi rezolyutsiyasi “naridan-beri tayyorlangan va AQSh tashabbusiga ko‘ra ma’qullangan bo‘lib, huquqiy asosga ega emas”. “Bunday hujjatlar KXDR xalqining yashash va rivojlanish huquqini to‘liq rad etadi, ular Koreya jamiyatini o‘rta asr davriga qaytarishga qaratilgan”, — deyiladi bayonotda.

Pxenyandagilar Xavfsizlik kengashining KXDRga qarshi qaratilgan rezolyutsiyasi suveren davlatlarning qonuniy huquqlari va BMT Ustavida ro‘yxatga olingan xalqaro aloqalar tamoyillariga zid holda qabul qilinganligiga ishonchi komil. Shu tufayli, KXDR jahon tashkiloti kotibiyatiga murojaat qilib, Nyu-York yoki Jenevada BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar haqidagi rezolyutsiyasi haqqoniyligini baholash uchun ekspertlar xalqaro forumini o‘tkazishni taklif qildi, deyiladi bayonotda.

Опубликовано: admin (3-02-2017, 12:20)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют