» » Mishel Obama Melaniya Tramp sovg‘asi haqida so‘zlab berdi

Mishel Obama Melaniya Tramp sovg‘asi haqida so‘zlab berdi


AQSh sobiq birinchi xonimi Mishel Obama NBC telekanalidagi shouda AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi unga 2017-yilgi inauguratsiya oldidan sovg‘a qilgan moviy qutida nima bo‘lganligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Obama Tiffany qutisida “ajoyib rom” bo‘lganligini ma’lum qildi.

U, shuningdek, inauguratsiya protokoli buni ko‘zda tutmaganligi uchun sovg‘a berilishi uni shoshirib qo‘yganligini ta’kidlaydi.

“Bungacha hech qachon sovg‘a taqdim etish bo‘lmagan: ‘Uni nima qilishim kerak?’ deb o‘yladim”, — deydi sobiq birinchi xonim.

Uning so‘zlariga qaraganda, Barak Obamaning qutini undan olib, qarorgoh ichkarisiga olib kirgani uni vaziyatdan qutqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют