» » Norvegiya politsiyasi mast chang‘ichini “yomon uchish texnikasi” sababli to‘xtatdi

Norvegiya politsiyasi mast chang‘ichini “yomon uchish texnikasi” sababli to‘xtatdi


Norvegiyaning Kongsberg shahrida yashovchi 30 yoshli erkak spirtli ichimlik ichmoqchi bo‘lib, qor bo‘roni sababli chang‘ida yo‘lga tushgan. Ichimlik ichib bo‘lgach, uyiga qaytgan, biroq qaytish chog‘ida chang‘ida shunchalik yomon uchganki, o‘tkinchilar buni ko‘rib, politsiya chaqirgan, deb yozmoqda TJournal.

Politsiyaning qayd etishicha, erkak yo‘lak bo‘ylab harakatlangan va yo‘l harakati qoidalarini buzmagan. Biroq u shunchalik mast bo‘lganki, politsiyachilar undan chang‘ini yechishni so‘rashga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng chang‘ichi politsiya mashinasida uyiga olib borilgan va unga ayblov e’lon qilinmagan.

Norvegiyada chang‘i ommabop ko‘cha transporti hisoblanadi. Ko‘plab muassasalar oldida chang‘ilar uchun ustunlar o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют